Avtokredit 5 yil

KREDITLASHNING ASOSIY PARAMETRLARI VA SHARTLARI 
(03.11.2023 sanasidan amal qiladi)
1.1.  Kreditining xususiyatlari Muddatli kredit
1.2.  Kredit mahsulotining nomlanishi Avtokredit
1.3.  Fuqarolikka talab O‘zbekiston Respublikasi rezidenti
1.4.  Kredit mahsulotining maqsadi Iste'mol krediti – birlamchi bozordan avtomobillarni sotib olish uchun
1.5.  Kreditning valyutasi Milliy valyutada; So‘m
1.6. Muddati  Maksimal muddat imtiyozli davrsiz - 60 (oltmish) oy
1.7. Foiz stavkasi /
Boshlang‘ich badal

 

 

 
Foiz stavkasi 1-12 oy 13-24 oy 25-36 oy 37-48 oy 49-60 oy
Boshlang‘ich badal 20% 24% 25% 26% 27% 28%
Boshlang‘ich badal 30% 23.5% 24% 25% 26% 27%
Boshlang‘ich badal (>=) 40% 22% 23% 24% 25% 26%
O’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun Boshlang’ich badal (>=40%)* 23% 24% 25% 26% 27%

* Qarz oluvchi - o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun boshlang’ich badal eng kamida 40 (qirq) % ni tashkil qilishi kerak.

1.8. Qarz oluvchi tomonidan berilgan kredit arizasini ko‘rib chiqish va ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish shartlari 5 (besh) ish kunigacha (to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgan holda)
1.9. Kreditning maksimal miqdori 2000 BHM (Xozirgi kunda 660 000 000 so‘m)
1.10. Kerakli hujjatlar to‘plami -qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi  xujjat (Pasport, ID-karta, yashash uchun guvoxnoma va x.k.) asl nusxasi;
-avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi
-Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Agar qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.

 
1.11. Ta'minoti turi (garov) Kredit miqdorining 115% dan kam bo‘lmagan qiymatda sotib olinayotgan va/yoki boshqa transport vositasi, ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslar kafilligi, kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi.
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta'minot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda qabul qilinadi.
1.12. Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

- Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
- bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud   emasligi;
- mijozning o‘rtacha oylik daromadidan kelib chiqib, mavjud kredit  to‘lovlari  va boshqa majburiy to‘lovlaridan qolgan mablag‘ini 70% kreditning asosiy va foiz to‘lovlarini so‘ndirishga yo‘naltirilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxs qarz oluvchi bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga (O‘zbekistonda doimiy daromad manbai mavjud) ega shaxsning kafilligi va/yoki uning mulk garovi olinadi.

• o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar o‘z arizasida kredit to‘lovi uchun daromadlarini bayon qiladi.

1.13. Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar - Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
- salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
- bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 70% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
1.14. Kreditni ajratish shakli Oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotuvchining hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish
1.15. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati 30 (o‘ttiz) kun
1.16. Oraliq to‘lovlarning davriyligi Har oy
1.17. To‘lov Annuitet va/yoki differensiyalangan hisobli to‘lov

24/11/2023