Overdraft

Overdraft Bankning korporativ mijozlari xodimlariga va Bank xodimlariga, ularning ish xaqi bo‘yicha plastik kartalariga limit ochish orqali taqdim etiladi.

Bank korporativ mijozining overdraftdan foydalanayotgan xodimi, ish xaqini 100% plastik karta orqali olayotgan bo‘lishi, uning ish beruvchisi bo‘lgan yuridik shaxs esa, overdraft shartnomasining amal qilish paytida xodimining ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘liq ravishda xodimning Bankdagi plastik kartasiga o‘tkazib borish, ushbu xodim ishdan bo‘shatilganda Bankka o‘z muddatida xabar qilish majburiyatini olishi lozim.

Overdraft mijozning daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda o‘rtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 3 barobarigacha bo‘lgan miqdorda 12 oygacha bo‘lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, kreditlash davrining so‘nggi 6 oyi mobaynida oyma-oy teng qismlarda qaytarish sharti bilan beriladi.

Mijozlar, overdraft krediti orqali olingan plastik kartalaridagi mablag‘larini istalgan ehtiyojlari uchun sarflashga xaqlilar.

Overdraft olish uchun mijoz ariza (kredit buyurtmanomasi) rasmiylashtiradi va arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

  • Ariza beruvchining pasportining asl nusxasi;
  • Тa'minot va/yoki uchinchi shaxs kafilligi bo‘yicha hujjatlar;
  • Kafilning pasportining asl nusxasi;

Kredit foiz stavkalar:

1-12 oy  -  22%

21/02/2023