Ommaviy axborot biz haqimizda

«Ziraat Moliya Guruhi»ning Oʻzbekistondagi 4-xizmat ofisi 
Samarqand shahrida ochildi 

Chet elda keng qamrovli xizmat koʻrsatish tarmogʻiga ega boʻlgan «Ziraat Moliya Guruhi», Oʻzbekistonda 4-xizmat ofisini ochib, faoliyatini yanada kengaytirishni davom etmoqda.  
Turkiya Jumhuriyati «Ziraat Bankası»ning shoʻbasi banki, «Ziraat Bank Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahridagi Yunusobod filiali, Chakana va Korporativ shoʻbalaridan soʻng 4-xizmat ofisi sifatida, Samarqand shahrida «Samarqand ofisi» faoliyatini boshladi. 1993 yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida Oʻzbekiston bank tizimiga qadam qoʻygan «Ziraat Moliya Guruhi», mamlakat bank sohasida oʻz faoliyatini 2018 yildan boshlab 100% «Ziraat Bankası» sarmoyasi bilan «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ sifatida olib bormoqda.
Ziraat Bank, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanib borayotgan va soʻnggi yillarda juda jiddiy rivojlanishni boshlagan Oʻzbekistnda, zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilish orqali faoliyat koʻlamini oshirishni oʻziga maqsad qilib qoʻygan.  
«Ziraat Moliya Guruhi»ning Oʻzbekistondan tashqari Germaniya, Chernogoriya, Bosniya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Turkmaniston kabi mamlakatlarda ham shoʻba banklari mavjud. Turkiyada 1734 ta xizmat tarmogʻi va yoqori darajada rivojlangan texnologik kanallar orqali xizmat koʻrsatuvchi «Ziraat Moliya Guruhi» oʻzining shoʻbalarini va xorijiy filiallariga ega boʻlgan 18 mamlakatda 109 nuqtada global bank sifatida faoliyatini olib bormoqda.
Doimo «Bir bankdan ziyoda» shiori ostida faoliyat olib borayotgan Ziraat Banki, bundan keyin ham xizmat tarmogʻini kengaytirib, texnologik kanallarini rivojlantirib Oʻzbekistondagi investisiyalarini yanada koʻpaytirishni koʻzlagan.

Call markaz:  +99878 1476767

Sayt:  www.ziraatbank.uz

Telegram: t.me/ziraatbankuzbekistan

Instagram: @ziraatbank_uzbekistan

Batafsil maʻlumot uchun: https://kun.uz

12/07/2021