Global Turk kompaniyalarida karyera qurish

2022 yil 17 sentyabrda Toshkentda  eng yirik turk ish beruvchi kompaniyalarining "TALENTforBIZ" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Unda Aksa Enerji, Aselsan, Çalık Energi, Havelsan, TUSASh, Turkish Airlines, Turk Telekom, Ziraat Bankası kabi taniqli korxonalar ishtirok etadi.

Agar siz oxirgi kursda o‘qisangiz yoki yaqinda o‘qishni tamomlagan bo'lsangiz, TALENTforBIZ – bu ushbu tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan uchrashish va kelajakda mazkur kompaniyalarning bir qismi bo'lish hamda lavozimda ko‘tarilish imkoniyatlari haqida ma'lumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

O'tkazilish joyi - Hilton Tashkent City mehmonxonasi

Oldindan ro'yxatdan o'tish talab qilinadi:

https://www.yetenekkapisi.org/register

15/09/2022