Hurmatli mijozlar,firibgarlardan ogoh bo‘ling!



Bugungi kunda firibgarlar yangi va zamonaviy yo'llardan foydalangan holda, insonlarning mablag‘larni yechib olishmoqda.

Ularga aldanib qolmang. O‘zingizni firibgarlardan himoya qilishga yordam beradigan ba’zi maslahatlarimiz bilan tanishing.

1) Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni telefon, messenjer yoki elektron pochta orqali yubormang. Bank hech qachon sizdan parol, pin kod yoki karta raqamini so‘ramaydi.
2) Mobil telefoningizga kelgan turli shubhali ko‘ringan havolalarga kirmang.
3) Messenjer, ijtimoiy tarmoq yoki elektron pochta orqali kelgan shubhali dasturlarni yuklab olishni taklif qiluvchi havolalardan ehtiyot bo‘ling. Kerakli ilovalarni faqatgina Google Play Market va App Store’dan yuklab oling.
4) Notanish insonlarning telefonda aytgan gaplariga ishonmang, bankka qayta qo‘ng‘iroq qiling va ma’lumotni mutaxassisimizdan so‘rab tekshiring.


 

17/02/2024