Agar sizni quyida keltiriligan bo'sh ish o'rinlari qiziqtirgan bo'lsa, o'z ma'lumotnomangizni ushbu e-mail orqali bizga yuborishingiz mumkin: hr@ziraatbank.uz
Telefon: +99878 147-96-13; +99878 147-96-15; +998 99 010-78-28; +998 99 010-78-22
Toshkent ofisi uchun Boshqaruvchi
“ZIRAAT BANK UZBEKISTAN” AJ
Vazifalar:
Filial faoliyatini samarali boshqarish.
Marketing faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish, mijozlar bilan aloqa nuqtalarini yaxshilash, filialni rivojlantirish, asosiy ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash hamda filial rentabelligini oshirish.
Filial faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
Filial ishini samarali tashkil etish.
Yuqori rahbariyat qarorlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Talablar:
Ma’lumoti: oliy iqtisodiy (moliya va bank ishi, iqtisodiyot).
Bank tizimida kamida 12 yillik ish tajribasi.
Kreditlash, marketing, depozitlar va bank faoliyatining boshqa yo‘nalishlarida ish tajribasi.
Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (ingliz va turk tillarini bilish ustunlik beradi).
Turli dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalari, Word, Excel, PowerPoint va boshqalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Xizmat safarlariga tayyorlik.
Ish sharoitlari:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish;
Ish grafigi: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
Kasbiy o‘qish va rivojlanish imkoniyati;
Ish haqi suhbat davomida kelishiladi.
Ziraat Bank Uzbekistan Korporativ ofisiga xodim qidirmoqda.
Talablarga javob beradigan nomzodlar o'z rezyumelarini mavzuga “Toshkent shahridagi BXO uchun boshqaruvchi” belgisi bilan quyidagi elektron pochta manziliga yoki telegramga yuborishingiz mumkin:
hr@ziraatbank.uz
+998 99 010 78 28