Kreditlar

Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish uchun turli kreditlar ajratadi.

Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi xamda bank mijozlariga naqdsiz pul shaklida (pul o‘tkazish yo‘li bilan) ajratiladi.

Kreditlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hamda xorijiy valyutada ajratiladi.

Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar

Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar 18 oy muddatgacha, ochiq kredit liniyasi ochmasdan hamda ochiq kredit liniyasi ochish (revolver) yo`li bilan beriladi.

Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • xom ashyo, material va butlovchi qismlarni xarid qilish uchun;
  • xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to`lov;
  • tovarlar zahirasini to`ldirish uchun;
  • mavsumiy xaridlarni amalga oshirish uchun;
  • bojxona to`lovini amalga oshirish uchun v.b.

Investitsiya faoliyati uchun kreditlar

Investitsiyon kreditlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun 7 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.

Investitsiyon kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • asosiy vosita va nomoddiy aktivlar sotib olish uchun ko`chmas mulk, transport vositasi, uskuna v.b.;
  • qurilishni amalga oshirish va kapital ta`mirlash uchun;
  • qurilish mollari sotib olish uchun;
  • tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq litsenziya olish uchun.

Quyidagilar Kredit ta`minoti uchun qabul qilinadi:

  • ko`chmas mulk;
  • transport vositasi;
  • uskuna (qo`shimcha ta`minot sifatida);
  • ta`sischining kafilligi;
  • taqbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash Davlat jamg`armasining kafilligi;
  • boshqa banklarning kafolati.

Kredit murojaatini ko`rib chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • yuridik shaxsni tashkil topishi va ro`yxatdan o`tkazish hujjatlari;
  • amaldagi ta`sischilar haqida ma`lumot;
  • so`ngi 3 yillik faoliyati bo`yicha moliyaviy hisobotlar (1 va 2 shakldagi balans);
  • biznes reja;
  • ta`minot hujjatlari;
  • korxonani tahlil qilish jarayonida zarur bo`lgan boshqa ma`lumot va hujjarlar talab qilinishi mumkin.

15/10/2024